Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Gvardiola: "Sovrin yutmagan murabbiylarni muvaffaqiyatsiz deb hisoblamayman"

Gvardiola: "Sovrin yutmagan murabbiylarni muvaffaqiyatsiz deb hisoblamayman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasida ishlayotgan hamkasblari haqida gapirdi.

“Siz g‘alaba qozonishingiz kerak. Lekin faqat bitta murabbiy kubok yutishi mumkin. Bu hamma yutqazgan degan ma’noni anglatadimi? Men bunday deb o‘ylamayman. Agar Premyer-ligada g‘olib bo‘lmasam, o‘zimni omadsizlikda ayblamagan bo‘lardim. Menimcha, "Arsenal" bunday narsani his qilmayapti, chunki ular aql bovar qilmaydigan darajada o‘ynashdi", - deydi Gvardiola.

“Manchester Siti” Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumi yakunlariga ko‘ra Angliya chempioni bo‘ldi. Gvardiola jamoasi 38-turdan so‘ng 91 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi “Arsenal”dan ikki ochko oldinda bo‘ldi.

Kiritildi: 08:47, 25.05.2024.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик