Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 12 medal qo‘lga kiritdik

Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 12 medal qo‘lga kiritdik

Baho:
+ | -

Joriy yilning 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritgan holda dunyoning 50 ga yaqin davlati orasida umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi.

Limadagi jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Marjona Abdumutalova:
Dast ko‘tarish: 82 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 100 kg (kumush)
Ikkikurash: 182 kg (bronza)

Ruslan Rahmatjonov:
Dast ko‘tarish: 139 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 172 kg (oltin)
Ikkikurash: 311 kg (oltin)

Bekzod G‘ofirjonov:
Dast ko‘tarish: 141 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 183 kg (kumush)
Ikkikurash: 324 kg (bronza)

Omadillo Olimov:
Dast ko‘tarish: 150 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 195 kg (kumush)
Ikkikurash: 345 kg (kumush)

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati raqamlarda

E’tiboringizga musobaqa bilan bog‘liq ayrim muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz:

Ushbu dunyo birinchiligida sayyoramizning 43 ta mamlakatidan 242 nafar sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston medallar bo‘yicha umumjamoa hisobida erkaklar orasida (2 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) 7-o‘rinni egalladi va kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Umumiy ochkolar klassifikasiyasiga ko‘ra erkaklar o‘rtasida Gruziya terma jamoasi tengsiz bo‘ldi, ayollarda esa Meksika 1-o‘rinni band etdi.

Medallar bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Venesuela terma jamoasi (4 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) egallagan bo‘lsa, erkaklar orasida birinchi bo‘lish Misr terma jamoasiga (3 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza) nasib etdi.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting
Kiritildi: 22:58, 27.05.2024.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик