Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Xavi bilan ketish shartlarini kelishib oldi

«Barselona» Xavi bilan ketish shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» Xavi va uning xodimlari bilan uning ketish shartlarini kelishib oldi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, bugun ertalab Fernando Solanas boshchiligidagi Xavining agentlari «Barselona» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazgan va uning klubni tark etish shartlari bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan.

Xavining shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Shunga qaramay, u yanvar oyida aytgan gaplariga sodiq qolishga va tovon pulidan voz kechishga qaror qildi. Xavi «Barselona»ni 11-12 million yevro tejab qolishiga sababchi bo‘ladi.

Uning xodimlarining moliyaviy mustaqilligi kam bo‘lgan va kam maosh olgan a’zolariga kompensasiya to‘lanadi. Xavi buni talab qilgani avvalroq xabar qilingandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:44, 28.05.2024.
O'qildi: 2407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик