Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Garnachoning Parij olimpiadasida ishtirok etishi to‘g‘ri qarormi?

Garnachoning Parij olimpiadasida ishtirok etishi to‘g‘ri qarormi?

Baho:
+ | -

Xabarlarga qaraganda, Argentina olimpiya jamoasi murabbiyi Xaviyer Maskerano “MYU” futbolchisi Alexandro Garnachoni Parijda o‘tadigan olimpiada musobaqalariga chaqirmoqchi ekan.

Menimcha, bu noto‘g‘ri qaror. Agar futbolchi milliy jamoa va klub darajasida yetarlicha ulg‘aygan bo‘lsa, uni olimpiadaga ham ovora qilish o‘zini oqlamaydi. Garnacho APLda muntazam maydonga tushadi, tugagan mavsumda 50 o‘yinda qatnashdi. Kopa Amerikaga Argentina milliy jamoasiga chaqirildi. Yetarli, u dam olish kerak.

Xuddi shu holat uch yil oldin Pedri bilan bo‘lgandi. U 18 yoshida “Barselona” tarkibida 50dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan, keyin milliy jamoa bilan birgalikda Yevro-2020 da qatnashgan. Bir oy o‘tib, yana olimpiadaga ham jalb qilinib, u yerda Ispaniya bilan birga finalgacha borgandi. 7 avgust kuni finalda Pedri 120 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, oradan bir hafta o‘tib, 15 avgustda “Barselona” uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. 2-turdayoq Pedri jarohat olib, yil oxirgicha safdan chiqdi. Tanaffussiz ikkinchi mavsumini boshlagan yosh futbolchining jussasi bu yuklamaga dosh bermadi. Shundan buyon u har mavsumda juda ko‘p jarohatlanyapti, o‘sha 2020/21 mavsumidagi (52 o‘yin) darajaga qaytib chiqmadi ham. Oxirgi mavsumda La Ligada 16 o‘yinni, 2022/2023 da 22, undan avvalgi mavsumda atigi 10 o‘yini dastlabki daqiqalardan boshladi xolos. Yevro va Olimpiadada qatnashishdan oldingi mavsumda Pedri yosh bo‘lishiga qaramasdan, La Liganing o‘zida 28 uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagandi.

Argentina FA bu holatda futbolchi uchun qayg‘urishi va Garnachoning kelajakda ko‘proq foyda keltirishi mumkinligini inobatga olishi lozim. Ma’lum bo‘lishicha, “MYU”ning yangi rahbarlaridan biri Uilkoks ten Xag bilan suhbatlarda yosh futbolchilarning haddan tashqari ko‘p maydonga tushirilganini e’tiroz qilgan va murabbiy kelajakda bu hisobga olinishini aytgan. Shundan kelib chiqsak, klub Garnachoni qo‘shimcha musobaqaga yubormaydi, yo agar rozi bo‘lingan taqdirda  ham, keyin, mavsum boshida unga bo‘ladigan yuklamalarda bu hisobga olinishi maqsadga muvofiq.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:24, 31.05.2024.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик