Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

«Bavariya» Premyer-liga klublari bilan kurash olib boradi

«Bavariya» Premyer-liga klublari bilan kurash olib boradi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Premyer-liga klublari bilan «Byornli» darvozaboni Jeyms Trafford uchun kurashga kirishdi.

21 yoshli Trafford shu yozda «Byornli» Premyer-ligadan tushib ketganidan keyin transferga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Trafford «Chelsi», «Liverpul» va «Nyukasl»ga o‘tishi haqida xabarlar chiqqan edi - har uchala Premyer-liga klubi ham darvoza chizig‘ini kuchaytirishga intilmoqda, ammo ularning hammasi ham Jeymsga birinchi raqamli rolni kafolatlamaydi.

"Football Insider" xabariga ko‘ra, endi Trafford uchun yana bir jiddiy da’vogar bor. Gap «Byornli»dan Vensan Kompanini bosh murabbiylikka taklif qilgan «Bavariya» haqida ketmoqda.

Aytishlaricha, Kompani 20 million funt sterlingga baholangan Traffordni yangi jamoasi uchun asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Trafford va Angliya terma jamoasi ayni damda Yevro-2024ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:12, 03.06.2024.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.