Italiya terma jamoasi Yevropa chempionatiga turnirning amaldagi g‘olibi sifatida boradi.
Yevro-2020 finalida "adzurrilar" Angliyani mag‘lub etgandi. Opta superkompyuteri bergan bahoga ko‘ra, Italiya terma jamoasining Germaniyadagi turnirda chempionlikni himoya qilish imkoniyati bor-yo‘g‘i 5 foizni tashkil etadi.
Milliy terma jamoa g‘oliblikka nomzodlar reytingida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.