Darvozabon Marius Myuller "Shalke"dan "Volfsburg"ga o‘tdi.
O‘tgan mavsumda darvozabon ikkinchi Bundesligada 21 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Myullerning "Volfsburg" bilan kelishuvi tafsilotlari oshkor etilmagan, transfer summasi 1 million yevroni tashkil qilgan.