"Bavariya" futbolchisi Aleksandr Pavlovich jamoaning yangi bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida o‘z fikrini aytdi.
"O‘tmishda Kompani aql bovar qilmaydigan ruhiyatga ega ajoyib markaziy himoyachi edi. Men u bilan ishlashni intiqlik bilan kutaman. U uzoq masofadan yuqori burchakka zarba berib, ("Manchester Siti" uchun "Lester"ga qarshi) gol urganini hamma eslaydi. U haqiqiy yetakchi", - dedi 20 yoshli Pavlovich.