Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" hujumchisi "Sautgempton"ga o‘tib ketishi mumkin

"Manchester Siti" hujumchisi "Sautgempton"ga o‘tib ketishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Sautgempton" o‘z safiga yangi hujumchini qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Jek Rosser bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa "Manchester Siti" hujumchisi Liam Delapga ko‘z tikmoqda.

21 yoshli ingliz futbolchisi o‘tgan mavsumni Chempionshipda "Xall Siti"da ijara asosida o‘tkazdi. "Sautgempton" Liamning Angliya Premyer-ligasida jamoaga foydali bo‘lishiga ishonmoqda. Biroq Delap "Sautgempton"ning qisqa ro‘yxatidagi yagona hujumchi emas.

Transfermarkt yosh hujumchining bozor narxini 8 million yevroga baholamoqda. Faoliyati davomida Liam "Manchester Siti" bilan Angliya Premyer-ligasida atigi ikkita o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 15:56, 06.06.2024.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.