Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Sport vazirligi tomonidan innovasion platforma taqdim etildi

Sport vazirligi tomonidan innovasion platforma taqdim etildi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, fuqarolarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ular uchun qulay sharoitlar yaratib berish mutasaddilar oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Buning uchun hukumat tomonidan maxsus platforma ishlab chiqish borasida topshiriq berilgan bo‘lib, bugun O‘zbekiston yengil atletika federasiyasida uning ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov olib bordi. Unda, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat yengil atletika federasiyasi rahbariyati va boshqa mas’ul tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda hukumat topshirig‘i yuzasidan ishlab chiqilgan «Yugur» sog‘lomlashtirish onlayn platformasining taqdimoti o‘tkazildi.

Dasturchilar uning qulayligi va soddaligi borasida batafsil gapirib berishdi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi ilovani yuklab, o‘z ma’lumotlarini kiritgach, uni ishlatish chog‘idagi barcha statistikalar ko‘rsatib boriladi.

Mutaxassislar 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlab o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan ommaviy yugurish musobaqasida ilk bor ushbu platformadan sinov tariqasida foydalanish ko‘zda tutilganini ma’lum qilishdi. Yig‘ilish davomida tomonlar ilovaning imkoniyatlarini oshirish, qo‘shimcha vazifalar yuklash, fuqarolarimiz uchun yanada qulaylashtirish borasida qo‘shimcha fikr yuritishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:08, 06.06.2024.
O'qildi: 690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик