Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

42 gol farqi bilan yutish kerakmi-di, marhamat...

42 gol farqi bilan yutish kerakmi-di, marhamat...

Baho:
+1 | -1

Katta doirada tanilmagan «Kerekedxaza» klubi ligada chempion bo‘lish uchun oxirgi o‘yinni 42ta gol farqi bilan o‘z foydasiga hal qilishi kerak edi.

Qarangki, «Nailoj, vazifani bajaramiz» shiori ostida maydonga tushgan jamoa 43:1 hisobini qayd etdi yakunda.

Gap Vengriya chempionati tizimidagi U-14 birinchiligida ro‘y bergan voqelik haqida ketmoqda. Tabiiyki, «Kerekedxaza»ning ushbu natijasi mahalliy futbol federasiyani ham befarq qoldirmadi va 43:1 yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari boshlanib ketdi. Binobarin, shundan so‘ng jamoaning umumiy gollar nisbati }132ga yetdi. Oqibatda +131 ko‘rsatkichiga ega bechora «Mikloshi» 2-o‘rin bilan cheklandi.

Aytgancha, Vengriya chempionatining yana bir yosh toifasidagi guruhida chempionlik oxirgi tur o‘yinini 17:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan jamoaga nasib etdi. Eng qiziq tomoni, undan 1-o‘rinni egallash uchun aynan 15ta gol farqi bilan g‘alaba qozonish talab etilgandi. Ha, Vengriya bolalar futbolida natija ortidan quvish avj pallaga chiqqan ko‘rinadi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 05:11, 07.06.2024.
O'qildi: 2204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.