Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Ten Xag tanqidchilarning "og‘zini yopmoqchi"

Ten Xag tanqidchilarning "og‘zini yopmoqchi"

Baho:
+ | -

Murabbiyning iste’fosi turlicha sabablar bilan ro‘y beradi. Murabbiy rahbariyat yoki futbolchilar bilan ziddiyatga borishi, ma’lum vaziyatni o‘nglash uchun yetarli salohiyatga ega emasligi oydinlashishi mumkin.

Bunday holatlarda murabbiy iste’foga chiqariladi va uning o‘rniga yangi nomzod axtariladi. Bu yerda eski murabbiyni iste’foga chiqarish va yangi murabbiyni tayinlash - bir biriga bog‘liq bo‘lmagan alohida qarorlar.

Ularning ikkisi ham to‘g‘ri, noto‘g‘ri yoki biri to‘g‘ri, ikkinchisi noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, “Barselona” Xavini iste’foga chiqardi – bu qaror to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, bahslashish mumkin. Xavining o‘rniga Flik keldi – bu ham alohida qaror, buniyam tahlil qilish mumkin.

Qizig‘i, Erik ten Xagning holatida, vaziyat tamomila boshqacha. INEOS Erikning iste’fosini kechiktirish bilan shunday vaziyat hosil qildi-ki, endi iste’foning mazmuni yangi murabbiy kim bo‘lishi bilan butunlay boshqacha ma’no kasb etadi. Endi “natijalar uchun Erikni bo‘shatish” emas, “uning o‘rniga falonchini olib kelish”, degan ifoda vaziyatni yaxshiroq baholaydi. Shuning uchun ham Erikning iste’fosi haqida so‘z borganda, klub muxlislari ham “o‘rniga kim kelishiga qarab” qo‘llashi yoki qarshi chiqishi mumkin. Aytaylik, Erikning o‘rniga Tuxelning kelishi biroz iliq qabul qilinsa, ko‘proq tilga olingan yana bir murabbiy Garet Sautgeyt varianti qo‘rqinchli tushdek yangrayotgandi.

Xullas, kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi – “MYU”ning yangi mavsumda boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar poygasida xuddi yana bir nomzod singari Erik ten Xag ham qatnashdi. Chamamda, rahbariyat bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqib, hatto ba’zilari bilan muzokaralar ham o‘tkazib, yakunda niderlandiyalik murabbiyga yana imkoniyat berish lozim, degan qarorga kelingan. Rostan ham bu qarorning salmog‘i og‘irroq bo‘lishi mumkin.

Erikning so‘nggi uch haftadagi kamsitilishlarga chidab, masalan Tuxelga o‘xshab o‘zi ketib qolmaganining sababi esa, balkim, murabbiyning aynan “MYU”da muvaffaqiyat qozonishiga bo‘lgan ishonchi va rostan ham yaxshiroq tarkib bilan ko‘p tanqidchilarning adashganini ko‘rsatib qo‘yishni qattiq istayotganidan bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz, omad.

Manba: Қаҳрамон Асланов
Kiritildi: 22:08, 12.06.2024.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.