Germaniya terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi Florian Virs Yevropa chempionatida mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Shuningdek, u Yevropa chempionatinin dastlabki golini kiritgan futbolchilar orasida ham eng yoshi hisoblanadi. Yarim himoyachi Shotlandiyaga qarshi (5:1) turnirning ochilish uchrashuvining 10-daqiqasidayoq hisobni ochgandi.