Ispaniyalik sobiq murabbiy Raul Riancho ispaniyalik vinger Lamin Yamalning Xorvatiya bilan o‘yindagi ishtiroki haqida gapirdi.
2024 yilgi Yevropa chempionati 1-tur o‘yini ispanlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
16 yoshli Yamal bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"U juda yaxshi futbolchi. Uning mukammal futbolchi bo‘lish uchun hali vaqti bor", - deya Rianchoning so‘zlarini keltiradi "RB Sport".