«Milan»ning yangi bosh murabbiyi Paulu Fonseka Rafael Leau bilan uchrashdi.
Uchrashuv Yevro-2024 doirasidagi Portugaliya terma jamoasi bazasida bo‘lib o‘tdi.
"La Gazette Dello Sport" xabariga ko‘ra, Fonseka Leauni 2024/2025 yilgi mavsum uchun loyihaning asosiy qismi sifatida ko‘rmoqda. Uchrashuv davomida murabbiy futbolchiga ishonch bildirdi.
Avvalroq Leau «Milan»ni tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.