Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik IBF kamaridan ixtiyoriy ravishda voz kechdi

Mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik IBF kamaridan ixtiyoriy ravishda voz kechdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

37 yoshli ukrainalik bokschi, og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik Xalqaro boks federasiyasi (IBF) chempionligi unvonidan voz kechayotganini ma’lum qildi.

Buni sportchi 2024 yil 21-sentyabr kuni britaniyalik bokschilar Entoni Joshua va Deniel Dyubois o‘rtasida ushbu unvon uchun chempionlik jangini tashkil qilish imkoniyatini yaratish maqsadida kamardan voz kechayotgani bilan izohladi.

“IBF kamari 2024 yil 21-sentyabrdagi jang uchun sizga sovg‘amdir. Dunyo kuchlilarni sevadi. Do‘stingiz, og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik”, — deb yozdi Usik ijtimoiy tarmoqlarda.

Usik 2024 yil 18 may kuni o‘sha paytda WBC kamariga ega bo‘lgan britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni sohibiga aylandi.

Oleksandr 2021 yil 21-sentyabrda Entoni Joshuani mag‘lub etib, IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:00, 26.06.2024.
O'qildi: 1973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.