Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Yevro-2024. Gruziya Portugaliyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi, Turkiya bir kishi kam qolgan Chexiyani taslim etdi

Yevro-2024. Gruziya Portugaliyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi, Turkiya bir kishi kam qolgan Chexiyani taslim etdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionatining "F" guruhi 3-turdan o‘rin olgan o‘yinlar 26 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Chexiya Turkiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 20-daqiqasidayoq chexlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Barak qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni esa bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan turklar faolroq boshladi. 51-daqiqada Hoqon Chalhanoglu darvozani ishg‘ol etdi. 66-daqiqada esa Souchek hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida esa Tosun yakuniy nuqtani qo‘ydi. Gol urib, jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Guruhning yana bir o‘yinida Gruziya Portugaliya ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Gruziya terma jamoasi safida Hvicha Kvarasxeliya va Mikautadze gol mualliflariga aylandi.

3-turdan so‘ng ushbu guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

JamoaO‘G‘DMT-NO
1 Portugaliya 3 2 0 1 5-3 6
2 Turkiya 3 2 0 1 5-5 6
3 Gruziya 3 1 1 1 4-4 4
4 Chexiya 3 0 1 2 3-5 1

Yevro-2024, "F" guruhi, 3-tur
26 iyun, chorshanba
Chexiya – Turkiya 1:2
Gollar: 0:1 – 51 Chalhanoglu, 1:1 – 66 Souchek, 1:2 — 90+5 Tosun.
Chexiya: Stanek (Kovarj, 55), Soufal, Granach, Golesh, Kreychi, Yurasek (Yurasek, 81), Barak, Provod (Lingr, 75), Souchek, Xitil (Kuxta, 55), Glojek (Xori, 55).
Turkiya: Gyunok, Myuldyur, Akaydin, Demiral, Kadioglu, Chalhanoglu (Kekchyu, 87), Ozjan (Ayxan, 46), Yuksek (Yokushlu, 63), Gyuler (Tosun, 75), Yilmaz, Yildiz (Aktyurkoglu, 76).
Ogohlantirishlar: Barak (11), Ozjan (31), Shik (34), Yildiz (37), Yuksek (49), Gyunok (64), Chalhanoglu (66), Chakir (68), Myul’dyur (81), Yarosh (84), Cherv (85), Akaydin (85), Kreychi (90+1).
Chetlatish: Barak (20).

Gruziya – Portugaliya 2:0
Gollar: 1:0 – 2 Kvarasxeliya, 2:0 – 57 Mikautadze (penalti).
Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kverkveliya, 76), Dvali, Lochoshvili (Sitaishvili, 63), Kiteyshvili, Kochorashvili, Chakvetadze (Mekvabishvili, 81), Kvarasxeliya (Davitashvili, 82), Mikautadze.
Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Inasiu, Antoniu Silva (Semedu, 66), Danilu Pereyra, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Joau Nevesh (Mateush Nunesh, 75), Joau Feliks, Fransishku Konseysau, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 66), Netu (Diogu Jota, 75).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (28), Netu (44), Ruben Nevesh (53), Mekvabishvili (85).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:34, 27.06.2024.
O'qildi: 1898 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик