Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Metallurg" a’zosi bir insonning hayotini saqlab qoldi

"Metallurg" a’zosi bir insonning hayotini saqlab qoldi

Baho:
+ | -

Bekobodning "Metallurg" klubi matbuot xizmati jamoa xodimi Daniel Korshunov suvda cho‘kayotgan insonning hayotini saqlab qolgani haqida xabar tarqatdi.

"Qahramonlikning katta kichigi bo‘lmaydi. Har kuni atrofimiz o‘nlab, yuzlab savobli ishlar yuz beradi, ularni ko‘ramiz, kuzatamiz, eshitamiz. Kimningdir og‘irini yengil, mushkulini oson qilgan, hojatini chiqargan insonlarni olqishlaymiz, ularga tahsin aytamiz...

“Metallurg” FK xodimi Daniel Korshunov har kuni ertalab va kechqurun klub qarorgohi yonidan o‘tuvchi kanal bo‘ylab sayr qilishga odatlangan. Uni yaqin atrofda yashaydiganlarning barchasi yaxshi tanib qolishgan. Kecha ham odatga ko‘ra sayrga otlandi. Bu gal “progulka”ga hamkasbini ham chorladi. Suv yoqalab ketishayotganida birdan kimningdir kanalda bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay cho‘kayotganligiga ko‘zlari tushishdi. Daniel o‘ylab o‘tirmasdan o‘zini kanalga otdi. Suv o‘zani taqsimlanadigan hududmasmi, shitobi tez, o‘pqon kishini domiga tortadi. Daniel cho‘kayotgan bolaga bir zumda yetib bordi va uni qirg‘oq tomon sudradi. Kanal cheti suv qoldiqlari bois sirpanchiq holatga kelib qolgan. Qo‘rquvga botgan bolakay esa yanada og‘irlashib ketgan. Uni amallab qirg‘oqqa uzatdi. Ammo o‘zi holdan toydi. Shunda yordamga yetib kelganlar Danielga qo‘l uzatishdi. Qutqarish “operasiyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi...

Bekobodga ish yuzasidan Zafar shahridan kelgan otaxon farzandini qutqargan yigitlarga minnatdorchilik uchun so‘z topa olmay, ko‘zlarida yosh halqalanadi. Danielni tinimsiz duo qiladi...

O‘z navbatida bir inson umrini saqlab qolgan jamoamiz yigitlariga biz ham tashakkur aytamiz. Alloh Sizdan rozi bo‘lsin, yigitlar!" - deyiladi bekobodliklarning rasmiy kanalida.

Manba: "Металлург" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:46, 28.06.2024.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик