Darvin Nunyes Urugvay terma jamoasi safida ketma-ket 7-uchrashuvda gol urdi.
"Liverpul"ning 25 yoshli hujumchisi Amerika kubogi guruh bosqichining 2-turida Boliviya bilan kechgan uchrashuvda (5:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Hujumchi terma jamoa safida ketma-ket 7-uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
U milliy jamoa safida jami 25 ta o‘yinda 13 ta gol urgan.