1 va 2 iyul dushanba va seshanba kunlari uchun Yevro-2024 1/8 final bosqichida ishlaydigan asosiy hakamlari nomi ma’lum bo‘ldi.
Shu ikki kun ichida yana to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Shu tariqa, Fransiya – Belgiya o‘yinini shvesiyalik Glenn Nyuberg, Portugaliya – Sloveniya uchrashuvini o‘z yordamchilari bilan Daniele Orsato boshqarib boradi.
2 iyul kuni germaniyalik Feliks Svayer Niderlandiya – Ruminiya, portugaliyalik Artur Soaresh Dias esa Avstriya – Turkiya uchrashuvida ishlaydi.