Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Chaglar Syoyundjyu “Fenerbaxche”ga o‘tishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Marca internet nashri.
Manbaga ko‘ra, "matraschilar" allaqachon turk klubi bilan prinsipial kelishuvga ega. Syoyundjyu "Fenerbaxche"ga 8 million yevroga tushishi kutilmoqda.
Syoyundjyu o‘tgan mavsumda turk jamoasida ijara asosida o‘ynagan edi. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.