Ruminiya terma jamoasi yetakchilaridan biri, himoyachi Radu Dregushin jamoa Yevro-2024'dan chiqib ketgach fikr bildirdi.
"Uyga qaytishim kerakligidan afsusdaman. Turnirdagi o‘yinimizni davom ettirib, muxlislarimizni yana bir bor xursand qilmoqchi edik. Niderlandiyaliklarda Yevro-2024'da g‘alaba qozonish imkoniyati bor. Shuning uchun biz ular bilan jang qilganimizdan faxrlanishimiz mumkin", - deya Dregushin so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.