Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Braziliya ustozi Vinisiusga ko‘rsatilgan kartochkaga munosabat bildirdi

Braziliya ustozi Vinisiusga ko‘rsatilgan kartochkaga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Vinisius Junior Amerika kubogi doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (1:1) sariq kartochka oldi. Natijada, u diskvalifikasiya tufayli Urugvayga qarshi chorak finalni o‘tkazib yuboradi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior Vinisiusning ushbu sariq kartochkasi haqida fikr bildirdi.

"Bu juda g‘alati sariq kartochka edi. Bu uchrashuvning birinchi jangi edi. Ammo odamlar katta yulduzlarsiz o‘ynashni o‘rganishimiz kerakligini aytishadi, mana endi hozir shunday payt keldi. Biz Neymarni allaqachon yo‘qotganmiz. Boshqa o‘yinchilar ham harakat qilishlari kerak" - dedi Dorival jurnalistlarga.

Urugvay va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 8 iyul kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:04, 03.07.2024.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик