Butunjahon suv sporti turlari federasiyasi (World Aquastics) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilar nomini e’lon qildi.
Ahamiyatlisi, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anastasiya Zelinskaya ham 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchilari qatorida e’tirof etildi.
Atletimiz bo‘lajak bahslarda 400 metrga erkin usulda suzish dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi.