Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

UYEFA Demiralning g‘alabani “bo‘richa nishonlashi” yuzasidan tekshiruv boshladi

UYEFA Demiralning g‘alabani “bo‘richa nishonlashi” yuzasidan tekshiruv boshladi

Baho:
+ | -

UYEFA Merih Demiralning gol nishonlashdagi ishorasi tufayli tergov boshladi.

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) bugun, 3 iyun sanasida ushbu ishora sabab ish ochgani va turkiyalik futbolchining “nomaqbul xatti-harakati”ni tekshirish uchun inspektor tayinlaganini e’lon qildi.

Tashkilot bu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.

Himoyachi Merih Demiral 2 iyul kuni Avstriyaga qarshi o‘yinda (2:1) dubl qayd etdi va Turkiyani Yevro—2024 musobaqasi chorak finaliga olib chiqdi.

Saudiyaning “Al-Ahli Jidda” klubining 26 yoshli futbolchisi Avstriyada taqiqlangan ishora bilan jamoasining keyingi bosqichga chiqqanini nishonladi.

O‘yindan so‘ng “Yuventus”ning sobiq futbolchisi ijtimoiy tarmoqqa ushbu ishorani bajarayotgan holatdagi suratini joylashtirdi va “Kim o‘zini turk deb atasa, u qanday baxtli odam”, deb yozdi. Bu Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti, zamonaviy turk davlatining asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning 1933 yili Respublika bayramida aytgan iborasidir. Bu turk millatchilarining norasmiy shiori hisoblanadi.

    “Bu nishonlash mening turkiyligim bilan bog‘liq. Shuning uchun men bu imo-ishorani qildim,— dedi Demiral o‘yindan keyin. — Stadionda odamlarni ham shu ishorani qilayotganini ko‘rdim. Buning ortida hech qanday yashirin xabar yo‘q. Biz hammamiz turkmiz, men turk ekanligimdan juda faxrlanaman va bu imo-ishora shuni anglatadi. Men qanchalik baxtli ekanligimni va qanchalik faxrlanganimni ko‘rsatmoqchi edim”.

Avstriyada 2019 yildan beri xuddi shu “kulrang bo‘rilar” imo-ishorasi va uning ramziylashtirish taqiqlangan. Qoidabuzarlik to‘rt ming yevro miqdorida jarima bilan jazolanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:59, 03.07.2024.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.