Milanning "Inter" klubi jiddiy jarohat olgan Teydjon Byukenenga o‘rinbosar qidirmoqda.
Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, klubning rejasi birinchi navbatda Joau Kanseluni qaytarishga urinib ko‘rish edi, ammo bu g‘oya aql bovar qilmaydigan darajada qimmatligi tufayli "tug‘ilmasdan turib vafot etdi".
Avvalroq, "Man Siti" portugaliyalik futbolchi uchun 30 million yevro olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.