Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yovan Jokich: “Muxlislarning ishonchlarini oqlashga intilamiz”

Yovan Jokich: “Muxlislarning ishonchlarini oqlashga intilamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning serbiyalik 31 yoshli tajribali yarim himoyachisi Yovan Jokich bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Bo‘lajak raqibimiz “Buxoro” joriy mavsum o‘yinlarini yaxshi o‘tkazmoqda va ayni paytda Pro liga peshqadami bo‘lib turibdi. Shu bois, buxoroliklar jamoamizga mazkur bahsda munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi.

Umuman olganda, Namanganda har qanday raqib “Navbahor”ga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qiladi va bo‘lajak bellashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasi 1-davrasining so‘nggi o‘yinlarida salbiy natijalar qayd etib, jamoamiz muxlislarini ranjitib qo‘ydik. Shu bois, bo‘lajak bellashuvda ishqibozlarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Muxlislardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Biz esa ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz, - dedi Yovan Jokich.

Kiritildi: 18:04, 04.07.2024.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик