"Atletiko Madrid" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morataga "Milan" qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli futbolchi yaqinda omma oldida o‘z klubida qolishga tayyorligini e’lon qildi, ammo uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Forvard Saudiya Arabistoniga o‘tmoqchi emas.
Insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, "Milan" Moratani o‘z safida ko‘rmoqchi, ispaniyalik esa "rossonerilar"ning qiziqishidan mamnun.