Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Muxlislar va blogerlardan iborat guruh avtomobillarda Fransiyaga yo‘l oldi

Muxlislar va blogerlardan iborat guruh avtomobillarda Fransiyaga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muxlislar va blogerlardan iborat guruh avtomobillarda Fransiya tomon yo‘lga chiqdi. Erta tongda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida ushbu jamoani kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, 8 kishidan iborat jamoa a’zolari va muxlislar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan rasmiylar O‘zbekiston delegasiyasi o‘z tarixida eng katta tarkib bilan ishtirok etadigan Olimpiya o‘yinlarida muxlislar guruhining ham qatnashishi atletlarimizga katta motivasiya berishi, davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tayyorgarlikning so‘nggi davri yuqori darajada o‘tkazilayotgani haqida gapirib, safarga otlanayotgan yurtdoshlarimizga oq yo‘l tilashdi.

Shuningdek, O‘FA muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Abdurahmon Fozilov yo‘l-yo‘lakay barcha davlatlarda O‘zbekiston nomini yanada tanituvchi turli materiallar tayyorlab olingani, jamoa bilan atletlarimizni qo‘llab-quvvatlash orqali delegasiyamizning muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishni maqsad qilishgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Rejaga ko‘ra, guruh bugun Samarqand shahriga yetib boradi. Tushdan keyin Registon maydonida, 6 iyul kuni Buxoro va Xiva shaharlarida, 7 iyul kuni esa Nukus shahrida hamyurtlarimiz bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:02, 05.07.2024.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.