Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ivan Boshkovich: «So‘g‘diyona» muxlislariga mavsum yakunida sovrin taqdim etish uchun kurashayapmiz»

Ivan Boshkovich: «So‘g‘diyona» muxlislariga mavsum yakunida sovrin taqdim etish uchun kurashayapmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» — «Neftchi» (1:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Shunaqa qarshilik bo‘lishini kutgandik. Bugungi raqibimiz kuchli jamoa edi. Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri va aniq bajarishdi. Turli yondashuvlarga asoslangan futbol o‘ynadik. Hujum, qarshi hujum, standart vaziyatlar, barcha jihatlar bo‘yicha harakat qildik. O‘yinga raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi bo‘limda vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘lgandi. «Neftchi» jamoasi yaxshi himoyalandi, bizga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Katta g‘alabaga erishdik. Ikkinchi davra uchun tayyorgarlikka jiddiy kirishamiz.

— Zaxiradan futbolchi maydonga tushirganingizda uning gol urishini his qilganmidingiz?
— Futbolni faqat bir futbolchi o‘ynamaydi. Murabbiylar shtabi futbolchining o‘yinga tayyorligiga ishongan holda maydonga tushiradi. Futbolchi diskvalifikasiya yoki jarohatga duch kelishi mumkin. Bunda jamoada uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi bo‘lishi kerak. Imkoniyatdan unumli foydalanish kerak.

— Yozgi transferlar oynasi vaqtida rejalar qanday?
— Transferlar jamoadagi muvozatning buzilmasligi uchun amalga oshiriladi. Bizda hozir muvozanat bo‘yicha barchasi joyida, natijalarimiz bor. Vaziyatga qarab bizni qiziqtirgan variantlarni ko‘rib chiqamiz.

— Petkovich jarohat sabab bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Hozirda u avvalgi darajasida o‘ynay olmayapti. Futbolchining o‘yini ikkinchi davrada ochilib ketishiga ishonasizmi?
— Men barcha futbolchilarga ishonaman. Unga moslashib ketishi uchun vaqt kerak, yana jarohat ham oldi. Bizda barcha bir-biriga yordam beradi. Uning mahoratiga ishonaman. Futbolchi faqat gol bilan jamoaga yordam bermaydi.

— «Neftchi» bilan Superligada duch kelganingizda mag‘lubiyat qayd etilgandi. Bugun g‘alaba qozondingiz. Jamoa hozirga kelib kuchaydi, Superliga jadvalida peshqadamlar qatorida. Mavsum yakunida chempionlik maqsadi bormi?
— Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. «So‘g‘diyona» muxlislariga mavsum yakunida sovrin taqdim etish uchun kurashayapmiz, shunga intilamiz. Bizda katta vazifa shunday. Har bir g‘alabali o‘yindan so‘ng keyingi o‘yinda ham shu natijani qayd etish uchun harakatni boshlaymiz. Bizda sharoitlar ham yetarlicha.

— Sanjar Rashidovni ikkinchi davrada jamoada ko‘ramizmi?
— Bizga jamoada muvozanat kerak. Har bir futbolchini alohida qadrlaymiz, yoshlar bor, tajribali futbolchilar bor. Muvozanatni ushlashimiz kerak. Kimnidir zaxirada qoldirish niyatimiz yo‘q. Yoshlarga ko‘proq imkoniyat berishimiz kerak.

— Kubokdagi navbatdagi raqib «Navbahor» bilan o‘yin haqida fikringiz?
— Har bir jamoa bilan o‘ynasa bo‘ladi. Bizda yaxshi tarkib yiqilgan. Kim raqib bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz. «Navbahor» kuchli jamoa, lekin biz bu o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 06:04, 07.07.2024.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик