Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Eldor Shomurodov Olimpiadadagi vazifa haqida gapirdi

Eldor Shomurodov Olimpiadadagi vazifa haqida gapirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U23 safida Parij olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Eldor Shomurodov Olimpiadaga mashg‘ulotlar va oldinga qo‘yilgan vazifalar borasida fikr bildirib o‘tdi.

"Olimpiadada qatnashish insonga boshqacha g‘urur beradi. Bunday sharafli vazifani bajarish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursand bo‘ldim.

Mashg‘ulotlar qiziqarli kechyapti. Ajoyib atmosfera, hammasi joyida. Ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratilyapti. Hamma bir-birini yaxshi tushunib ketdi. Qiyinchilik bo‘lmadi. Futbolchilarning yarmi bilan milliy jamoada birga o‘ynaganmiz.

Vazifamiz — birinchi navbatda guruhdan chiqish. Bu vazifani bajarib olganimizdan keyin O‘zbekistonga medallar bilan qaytishga harakat qilamiz.

Muxlislarga Olimpiadani kuzatib va bizni qo‘llab-quvvatlang, deb qolamiz", — dedi Shomurodov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:28, 07.07.2024.
O'qildi: 4593 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик