Yevro-2024 ikkinchi yarim finaliga nemis hakamlar brigadasi tayinlandi.
Feliks Svayer 10 iyul kuni tunda boshlanadigan Yevro-2024 yarimfinalidan o‘rin olgan Niderlandiya - Angliya o‘yiniga bosh hakam etib tayinlandi.
Svayerning yordamchilari Stefan Lupp va Marko Axmyuller, zaxira hakami esa Daniel Sibert bo‘ladi.
VAR hakami Bastian Dankert, yordamchilari Kristian Dinkert va Marko Fris.