Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening maydonga tushishidan xavotirdami yoki yo‘qmi, degan savolga javob berdi.
“Mbappeni oldindan aytib bo‘lmaydi. U o‘z imkoniyatlarining 50 foizida o‘ynasa ham yuqori saviyaga ega. U istalgan vaqtda o‘yin natijasini hal qilishi mumkin. Mbappe daho, lekin biz uni yopishga harakat qilamiz. Men o‘z jamoamga ishonaman", - deya de la Fuente so‘zlarini keltirmoqda Diario AS.