Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?

Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -

O‘zPFL 2024 yil uchun taqvim rejani o‘tgan yili tasdiqlagan. Uni sayt orqali bemalol yuklab olish mumkin.

Klub avgustning aynan qaysi sanasida maydonga tushishini aniqlashtirish uchun O‘zbekiston kubogining ¼ final bosqichiga qur’a tashlanishi kerak edi. Kuz oyi taqvimi esa Elit Chempionlar ligasi va Chempionlar ligasi II musobaqalari bilan bog‘liq. 15-16 avgustda ularning guruh bosqichiga qur’a tashlanadi.

Avgust oyida qanday reja va o‘zgarishlar bor?

Liga birinchi galda U23 O‘zbekiston termasining Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan kelib chiqdi. Masalaga optimistik ruhda yondashib, termamizning ½ finalga qadar yetib borishi mumkinligi inobatga oldik.

Liga "Surxon" arena maydoni va unda alohida VAR xonasining ishga tushishi masalasi katta ehtimol bilan avgust oyiga qadar tayyor bo‘lmasligi masalasini kun tartibiga kiritdi.

"Lokomotiv" va "Paxtakor" stadionlarini ta’mirlash zaruriyati bor ekanligi hisobga olindi. Bunda Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionini foydalanishga qayta topshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksar holatlarda bir stadiondan ikki klub foydalanayotganini inobatga olib, o‘yinlar orasidagi tanaffus va maysa parvarishi masalasini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

Shu va boshqa qator sabablar inobatga olinib, avgust oyi uchun reja ishlab chiqildi. Liga bunda har bir detalga e’tibor qaratishga intildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:38, 09.07.2024.
O'qildi: 1690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик