"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Lodz universitetida magistratura diplomini sotib olganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda OAV.
Universitet o‘qituvchilaridan biri futbolchi o‘z imtihonlariga kelmaganini, ammo qandaydir tarzda o‘tganini tan oldi.
Onet.pl xabariga ko‘ra, Polshada soxta oliy ma’lumot diplomlari bilan bog‘liq janjal 2019 yilda boshlangan. Lodzdagi xususiy ijtimoiy fanlar universiteti professorlaridan biri, bir vaqtlar "Lodz" futbol klubi direktori bo‘lgan Zbignev ismli shaxs jinoiy ish bilan qo‘lga olindi va diplom sotishda aybini tan oldi. Uning telefonida tergovchilar taniqli futbolchilar va ularning oila a’zolari bilan yozishmalarni aniqladilar.
Qayd etilishicha, tergovchilar qo‘lga kiritgan materiallardan Zbignev Robert Levandovski uchun magistrlik darajasini tayyorlagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, u futbolchi va uning rafiqasiga MBA (Master of Business Adminstration) darajasini darslarga qatnashmasdan olishni taklif qilgan.