Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Tanish raqiblar to‘qnashuvi

Tanish raqiblar to‘qnashuvi

Baho:
+2 | -

Ma’lumki, o‘tgan oy oxirida, aniqrog‘i 27 iyun kuni Kuala-Lumpurda JCH-2026 saralashida hal qiluvchi ahamiyatga ega uchinchi bosqichga qur’a tashlandi...

O‘zbekiston milliy jamoasi AQSH\Kanada\Meksika mundiali yo‘lidagi raqiblarini bilib oldi. Qur’a natijalariga ko‘ra, bunday guruhdan JCH yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritmaslik uyat bo‘lar, demoqdamiz...

Xo‘sh, the-AFC.com bizning milliy jamoamiz o‘rin olgan «A» guruhiga qanday ta’rif berdi? Quyida qit’amiz futbolini boshqarib, tahlil qilayotgan tashkilot mutaxassislarining ayrim qiziqarli faktlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Ma’lumki, o‘tgan oy oxirida, aniqrog‘i 27 iyun kuni Kuala-Lumpurda JCH-2026 saralashida hal qiluvchi ahamiyatga ega uchinchi bosqichga qur’a tashlandi va O‘zbekiston milliy jamoasi AQSH\Kanada\Meksika mundiali yo‘lidagi raqiblarini bilib oldi. Qur’a natijalariga ko‘ra, bunday guruhdan JCH yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritmaslik uyat bo‘lar, demoqdamiz...

Xo‘sh, the-AFC.com bizning milliy jamoamiz o‘rin olgan «A» guruhiga qanday ta’rif berdi? Quyida qit’amiz futbolini boshqarib, tahlil qilayotgan tashkilot mutaxassislarining ayrim qiziqarli faktlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Raqobat qayta tiklandi

Eron Islom Respublikasining Osiyo Kubogidagi to‘rtinchi unvoni haqidagi orzusi fevral oyida so‘nggi qit’a kubogi yarim finalida Qatar termasi tomonidan to‘xtatildi va G‘arbiy osiyoliklar ketma-ket ikkinchi marta orzu qilingan sovrinni qo‘lga kiritishdi. Bu ikki jamoa endi JCH-2026 3-saralashi «A» guruhida yana uchrashishadi. Endi Eron ketma-ket to‘rtinchi marta jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan, Qatar esa JCH-2022 mezboni sifatidagi debyutidan so‘ng, munosib saralashga intiladi.

Eronga nazar

Eronning jahon chempionati saralash bahslarining doimiy ishtirokchisi maqomini hisobga olgan holda, «Melli» jamoasi final raundiga chiqish uchun guruhdagi ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalardan biri sohibi bo‘lishi kutilmoqda. Biroq, bu oson bo‘lmasligi mumkin, chunki Qatar, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari ikkinchi bosqichdan mag‘lubiyatsiz va mazmunli o‘yin bilan o‘tdilar, debyutantlar - Qirg‘iziston va ikki marta mundialda qatnashgan KXDR esa iz qoldirishga jiddiy kirishishadi.

Ishonchli O‘zbekiston

O‘zbekiston uchinchi bosqichni ishonch bilan bosib o‘tdiki, endi ularni ham ikkita avtomatik yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritishiga ishonish mumkin. Ha, «oq bo‘rilar» ikkinchi bosqichni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi, jumladan Eron bilan ikki marta durang o‘ynadilar. Shuningdek, Osiyo Kubogidagi ishtiroklari ham chakki emas: chorak finalda bo‘lajak chempion Qatarga qarshi turib berishdi, faqat penaltilar seriyasida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Tarkibiga tez-tez jalb etilayotgan iqtidorli futbolchilarning ko‘pligini hisobga olsak, shubhasiz, O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalardan biriga asosiy da’vogarlardan.

KXDR hujumga tayyorlanmoqda

KXDR saralashning ikkinchi raundini ham achchiq va ham yoqimli tarzda bosib o‘tishdi, lekin yakunda omadli 18 terma jamoadan biriga aylandi, baribir. Ammo bu bilan ularning raqiblariga oson bo‘ladi, deb aytolmaymiz. Sharqiy Osiyo jamoasiga har doim ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Ularning yengilmas ruhi avvalgi bosqichda Yaponiyadan keyin 2-o‘rinni egallashga imkon berdi va COVID-19 pandemiyasi tufayli JCH-2022 saralashidan voz kechishga majbur bo‘lgan KXDR uchinchi marta finalga yo‘l olishga tish-tirnog‘i bilan kurashadi.

Qirg‘iziston sinovlarga tayyorlanmoqda

Qirg‘iziston jahon chempionati Osiyo saralashining ushbu bosqichiga o‘tish orqali tarix yaratib ulgurdi va endi Markaziy Osiyo jamoasi uni oldinda kutayotgan katta sinovga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Chunki guruhda ulardan pastroq saralangan faqatniga KXDR bor. Biroq, Maksim Lisisin jamoasi qit’aning top jamoalariga qarshi kurashish imkoniyatidan bahramand bo‘ladi va ularning o‘z uylaridagi o‘yinlari kuchini hisobga olgan holda, «katta yigitlar» hushyor bo‘lishlari kerakligini aytish mumkin. 

«A» GURUHI TAQVIMI«A» GURUHI TAQVIMI

2024 yil

1-TUR. 5 sentyabr (payshanba)

ERON - QIRG‘IZISTON

QATAR - BAA

O‘ZBEKISTON - KXDR

2-TUR. 10 sentyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - O‘ZBEKISTON

KXDR - QATAR

BAA - ERON

3-TUR. 10 oktyabr (payshanba)

O‘ZBEKISTON - ERON

BAA - KXDR

QATAR - QIRG‘IZISTON 

4-TUR. 15 oktyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - KXDR

O‘ZBEKISTON - BAA

ERON - QATAR

5-TUR. 14 noyabr (payshanba)

BAA - QIRG‘IZISTON 

KXDR - ERON

QATAR - O‘ZBEKISTON 

6-TUR. 19 noyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - ERON

BAA - QATAR

KXDR - O‘ZBEKISTON

2025 yil

7-TUR. 20 mart (payshanba)

O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZISTON

QATAR - KXDR

ERON - BAA

8-TUR. 25 mart (seshanba)

ERON - O‘ZBEKISTON

KXDR - BAA

QIRG‘IZISTON - QATAR

9-TUR. 5 iyun (payshanba)

KXDR - QIRG‘IZISTON 

BAA - O‘ZBEKISTON

QATAR - ERON

10-TUR. 10 iyun (seshanba)

QIRG‘IZISTON - BAA

ERON - KXDR

O‘ZBEKISTON - QATAR

2024 yil

1-TUR. 5 sentyabr (payshanba)

ERON - QIRG‘IZISTON

QATAR - BAA

O‘ZBEKISTON - KXDR

2-TUR. 10 sentyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - O‘ZBEKISTON

KXDR - QATAR

BAA - ERON

3-TUR. 10 oktyabr (payshanba)

O‘ZBEKISTON - ERON

BAA - KXDR

QATAR - QIRG‘IZISTON 

4-TUR. 15 oktyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - KXDR

O‘ZBEKISTON - BAA

ERON - QATAR

5-TUR. 14 noyabr (payshanba)

BAA - QIRG‘IZISTON 

KXDR - ERON

QATAR - O‘ZBEKISTON 

6-TUR. 19 noyabr (seshanba)

QIRG‘IZISTON - ERON

BAA - QATAR

KXDR - O‘ZBEKISTON

2025 yil

7-TUR. 20 mart (payshanba)

O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZISTON

QATAR - KXDR

ERON - BAA

8-TUR. 25 mart (seshanba)

ERON - O‘ZBEKISTON

KXDR - BAA

QIRG‘IZISTON - QATAR

9-TUR. 5 iyun (payshanba)

KXDR - QIRG‘IZISTON 

BAA - O‘ZBEKISTON

QATAR - ERON

10-TUR. 10 iyun (seshanba)

QIRG‘IZISTON - BAA

ERON - KXDR

O‘ZBEKISTON - QATAR

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:48, 14.07.2024.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.