Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Parij-2024. Kamondan o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz Olimpiadaga tayyor

Parij-2024. Kamondan o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz Olimpiadaga tayyor

Baho:
+ | -

O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlariga birinchi bor yo‘llanma olgan kamondan o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz Parij shahrining o‘zida bo‘lajak Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova murabbiylar shtabi bilan to‘rtyillikning eng nufuzli musobaqasi oldidan yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Mas’uliyatli start oldidan Amirxon Sodiqovning fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz:

– Lisenzion musobaqadan avval Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishingizga ishonganmidingiz?
– To‘g‘risi, ishongandim. Boisi davlatimiz tomonidan bizga yaratib berilgan ajoyib sharoitlarga munosib javob berishimiz kerak edi. Murabbiylarimiz bilan uzoq vaqt tayyorlash ko‘rdik, o‘z ustimda ishladim. Qolaversa, lisenzion turnirdan avval Koreya Respublikasida o‘tgan Jahon kubogida Ziyodaxon Abdusattorova bilan bronza medalini qo‘lga kiritganim yanada kuch bag‘ishladi.

– Bo‘lajak Olimpiadadan nimalar kutyapsiz?
– Birinchi bor Olimpiadada qatnashayotganimiz tufayli ozroq hayajon bor. Unda boshqa sport turlaridagi yurtimizning eng kuchli atletlari bilan O‘zbekiston sharafini himoya qilish o‘zgacha faxrlanadi. O‘z oldimga kattalarni qo‘yganman. Nasib qilsa, unda munosib ishtirok etib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:30, 15.07.2024.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик