Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Parij-2024. Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha muxlis Fransiyaga yo‘l oladi?

Parij-2024. Sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha muxlis Fransiyaga yo‘l oladi?

Baho:
+ | -
Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya Shon-shuhrat muzeyida XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlari oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Parijga olib ketiladigan muxlislar haqida ham gapirildi. Sport vaziri Adham Ikramov bu haqda gapirib o‘tdi. 

"Muxlislar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq oldik. Bizga 80 ta chipta berilgan. Oybek Amilovich bu sonni 200 taga ko‘paytirib berdi.

Muxlislar 3 ta yo‘nalish bo‘yicha olib ketiladi. Musobaqalardan bo‘sh qolgan sportchildar ham muxlislar bilan birga bo‘ladi. Bundan tashqari, Investisiya vazirligi va Fransiya elchixonasi orqali muxlislarimiz sonini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. O‘ziga to‘q, boy muxlislarimiz ham o‘zlari borib muxlislik qilishi mumkin".

Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar ro‘yxati shakllantirilgani, ular 400 nafarga yaqin ekani va muxlislar orasida futbol akademiyalari o‘quvchilari ham borligini aytib o‘tdi. MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov esa Parijga olib ketiladigan muxlislarning barcha xarajatlari hukumat tomonidan qoplab berilishini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:34, 16.07.2024.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик