Lionel Messiga qanday tashxis qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
"Inter Mayami" futbolchining to‘pig‘idan jarohat olganini e’lon qildi. U bu shikastlanishni Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi Amerika Kubogi final uchrashuvida (1:0) oldi.
Forvardning tiklanish vaqti aniqlanmagan, biroq avvalroq MLS klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino Messi kamida keyingi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligini aytgandi.