Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Navbahor»ning asosiy tarkib futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi (foto)

«Navbahor»ning asosiy tarkib futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi (foto)

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 iyul kuni Namanganda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Buxoro» (1:0) o‘yinida namanganliklarning 25 yoshli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev tizzasidan jarohat olgandi.

Yo‘ldoshev kecha Turkiyaning Istanbul shahrida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Biz Ibrohim Yo‘ldoshev bilan bog‘langanimizda, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganligi, sog‘ligi joyida ekanligini ta’kidlab, «Navbahor» klubi rahbariyati hamda xodimlari, jamoamiz murabbiylar shtabi va futbolchilari, shuningdek, muxlislarga o‘zining alangali salomini yetkazdi.

Biz mahoratli himoyachining jarohatidan tezroq forig‘ bo‘lib, «lochinlar» safiga qaytishiga tilakdoshmiz», - deyiladi klub xabarida.

Kiritildi: 15:27, 17.07.2024.
O'qildi: 2396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик