Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Vagiz Galiulin: “Vazifam - maksimal ravishda "Andijon" bilan hamma o‘yinlarda g‘alaba qozonish”

Vagiz Galiulin: “Vazifam - maksimal ravishda "Andijon" bilan hamma o‘yinlarda g‘alaba qozonish”

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining yozgi seleksiyadagi ilk transferi – Vagiz Galiulinning ayni paytda “Burgutlar” bilan Toshkentdagi yig‘inda ishtirok etayotganidan yaxshi xabardorsiz. Tajribali o‘yinchi dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Vagiz “Andijon” klubiga qaytganingizdan xursandmiz. Qachondir shunday bo‘lishi kerak edi. Buning asosiy tashabbuskori kim bo‘ldi?

- Ha, “Andijon”ga kelganimdan juda xursandman. Tashabbuskoriga kelsak, bu vaqt bo‘lishi kerak. Qachondir uyga qaytaman, “Andijon”da o‘ynayman deb o‘ylab yurardim. Bu yerda dadam bor, oshna-og‘aynilarim bor. Har doim ketaman deb niyat qilardim. Endi shunaqa vaqt bo‘ldiki, men uyga keldim.

- Jamoa bilan Toshkentdagi yig‘inda ishtirok etyapsiz. Moslashish qanday? Dastlabki taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Toshkentdagi yig‘inni boshlab oldik. Moslashish hammasi yaxshi. Yigitlar bilan tanishib oldim. Kimlar bilandir bungacha ham tanish edim. Mashg‘ulotlar orqali bir-birimizni tushunib boryapmiz. Yanada moslashish uchun mana shunday mashg‘ulotlar va o‘yinlar kerak.

- Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatingiz yakuniga yetdi. U yerda chempionlik, Kubok va Superkubok sohibi bo‘ldingiz. Barcha o‘ylaganlarim amalga oshdi, deb ayta olasizmi?

- Rossiyada ko‘p yillar davomida o‘ynadim. Hammasi ham amalga oshdi, deb ayta olmayman. Bundan ham zo‘r o‘ynasam bo‘lardi. Lekin ko‘p narsalar xalaqit qilgan. Ayniqsa, jarohatlar to‘sqinlik qilgan. Superkubokda, Kubok finalida o‘ynaganman. Rossiya chempioni bo‘ldim, “Rubin” bilan. Ammo, baribir bundan ham yaxshiroq natijalar bo‘lishi mumkin edi. Masalan, Yevropani boshqa chempionatlarida to‘p surishim ham mumkin edi.

-  Bu yerda o‘zingiz uchun qaysi raqamni tanladingiz?

- Hozircha o‘zim uchun raqam tanlamadim. Hali bu to‘g‘risida o‘ylamadim. Chunki hozir tezroq sport formasiga qaytish uchun yig‘inda mashg‘ulotlar bilan bandman.

-  Siz maqsad va vazifalarni bajargan futbolchisiz. “Andijon”dagi asosiy maqsadingiz nima?

- Asosiy maqsadim “Andijon” futbol klubiga yordam berish. To‘plagan tajribam bilan yigitlarga maydonda va maydon tashqarisida og‘zaki bo‘lsa ham yordam berish. Bu yerga faqat yordamlashish uchun qaytdim. Vazifam maksimal ravishda “Andijon” bilan hamma o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Xudo xohlasa, Kubokni qo‘lga kiritish niyatim bor.

-  O‘zbekiston chempionatini kuzatib borayotgandirsiz. Qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?

- O‘zbekiston chempionatini kuzatib borardim, “Andijon”ga ham e’tibor qaratardim. Do‘stlarim to‘p surishadi. O‘zgarishlar bor, yaxshi tomonga. O‘zbekiston Superligasi saviyasi Rossiya birinchi divizionidan ancha yuqorilab ketdi. Terma jamoada ham boshqacha o‘yin ko‘rsatishyapti. O‘zbek futbolchilari Yevropa chempionatlarida va Osiyoning kuchli ligalarida to‘p surishyapti. Asosiysi, o‘zbek chempionati rivojlanyapti.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:26, 17.07.2024.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик