Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Nodirbek To‘ychiyev: “Zo‘r rejalarimiz bor, Olimpiadada muxlislik qilish bo‘yicha butun dunyoga nimalarga qodirligimizni ko‘rsatamiz”

Nodirbek To‘ychiyev: “Zo‘r rejalarimiz bor, Olimpiadada muxlislik qilish bo‘yicha butun dunyoga nimalarga qodirligimizni ko‘rsatamiz”

Baho:
+ | -

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan Parij Olimpiadasi ham tez orada boshlanadi. Butun dunyo nigohini o‘ziga qaratadigan ushbu eng nufuli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar. Ayniqsa, bu safar ilk bor futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoamizning Olimpiadada ishtirok yetishi tarixiy voqelikdir.

Kapadze jamoasi “C” guruhida Ispaniya, Mirs va Dominikan terma jamoalariga qarshi bellashadi. Vakillarimizning ilk uchrashuvi esa 24-iyul sanasida ispanlarga qarshi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, terma jamoamizni Olimpiadada munosib qo‘llab-quvvatlash, sportchilarimizga ruhiy dalda bo‘lish maqsadida ko‘plab muxlislar Parij tomon yo‘lga otlandilar. Ayniqsa, “Andijon” fan-klubidan 200 nafar ishqiboz fan-klub raisi Nodirbek To‘ychiyev boshchiligida Olimpiadada vakillarimizni olqishlaydilar.

Darhaqiqat, “Andijon” fan-klubi o‘tgan vaqt davomida yurtimizda ishqibozlik darajasini yangi bosqichga olib chiqa oldi. Endilikda bizning fan-klub Olimpiadada ham terma jamoamizni super darajada qo‘llab-quvvatlashiga shubha yo‘q. Bu albatta futbolchilarimizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

Safar oldidan esa fan-klub raisi Nodirbek To‘ychiyevga bir qator savollar bilan yuzlandik.

- Nodir aka, siz futbol orqali hayotingizda ko‘plab mamlakatlarda bo‘ldingiz, terma jamoalarimizni qo‘llab-quvvatladingiz. Ammo siz ham terma jamoamiz kabi ilk bor Olimpiada o‘yinlarida qatnashasiz, muxlis sifatida va bu hol siz uchun ham o‘ziga yarasha tarixiy voqelikdir. Ayting-chi, bunday katta musobaqa oldidan nimalarni ayta olasiz, biz uchun!

- Assalomu alaykum. Avvalo, intervyuga taklif qilganingiz uchun rahmat. To‘g‘ri, biz juda ko‘p mamlakatlarda bo‘ldik. Futbolni jon dilimizdan yaxshi ko‘ramiz. Osiyo o‘yinlarida ham ko‘p bo‘lganmiz. Futbol o‘zgacha, bejizga millionlar o‘yini deb aytilmaydi. Hamma vaqt jamoalarimizni qo‘llab-quvvatlashdan charchamaymiz. Olimpiada – bu dunyo bo‘yicha eng katta musobaqa. Rizqimiz bor ekan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani uchun katta rahmat aytamiz. Bizga ishonch bildirilgan ekan, hech kimning yuzini yerga qaratmaymiz. Biz o‘zbekmiz, O‘zbekistonlikmiz. Shu bois terma jamoamizni Olimpiada musobaqasida yanada kuchli va katta ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlaymiz. Xudo xohlasa, O‘zbekiston birinchi raqamli.

- Umuman olganda, Olimpiadaga terma jamoamizni qo‘llash uchun Andijondan 200 dan ziyod futbol muxlislari safarga yo‘l olmoqda. Ketish rejasi va tashkiliy ishlar qanday yo‘lga qo‘yildi? Shular xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

- Olimpiadaga Andijondan 200 ga yaqin muxlislar jalb qilingan. “Andijon” jamoamizning o‘yinlarida muxlislarimiz yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaganlari uchun rahbarlarimizni nazariga tushgan va ko‘ngliga yoqqan yekanmiz bizga ishonch bildirishdi. Xudo xohlasa, hammasi zo‘r bo‘ladi. Olimpiadada terma jamoamizni eng yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz o‘zbek farzandimiz. Bunday katta musobaqada terma jamoamiz ham, biz muxlislar ham nimalarga qodirligimizni ko‘rsatamiz. Parijga yo‘l olishimizda shuningdek, Andijon viloyati futbol assosiasiyasi, sport boshqarmasi tashkiliy tomonlama katta yordam ko‘rsatyapti.

- Hech kimga sir emaski, sizning boshchiligingizdagi Andijon fan-klubi va uning muxlislik qilish darajasi fonida bir qator loyihalaringiz trendga aylanib ketdi. Parijda ham terma jamoamizni olqishlash bo‘yicha qanday yangiliklar tayyorlayapsizlar?

- “Andijon” fan-klubi misolida biz muxlislik darajasini yuqori notaga olib chiqyapmiz. Andijonlik ishqibozlarni hech kim to‘xtata olmaydi va biz o‘z ishimizni sidqidildan bajarishda davom yetamiz. Mana, “Andijon” klubida ham barcha – futbolchilar, rahbarlar va muxlislar o‘z ishini qilishyapti. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak. Muxlis degani hamma narsaga burun suqmasligi kerak. Biz ishqibozmizmi, demak, o‘z ishimizni a’lo darajada bajarishimiz lozim. Olimpiadada nafaqat futbolchilarimizni, balki boshqa sportchilarimizni ham qo‘llab-quvvatlab, ularga katta dalda bo‘lamiz. Yevropa chempionatini ko‘rdik, unda ishqibozlar yangiliklar yaratdilar. Bizni ham Olimpiadada o‘zgacha rejalarimiz va yangiliklarimiz bor. Parijga borganda barchamiz jipslashib, muxlislik qilish bo‘yicha yanada trendga olib chiqamiz. o‘zbekistonlik muxlislarga ancha-munchasi qoyil qoladigan ishlarni qilamiz.

- Sizning “Andijonliklar keldi”, degan hayqiringiz va o‘ziga xos uslubingiz mashhurlikka aylanib ketdi. Ko‘p tadbirlarda va shoularda ushbu iboradan foydalanishyapti. Buning yaralish tarixi qanday bo‘ldi?

- “Andijonliklar keldi” – bu borada albatta doim biz muxlislar bir-birimiz bilan maslahatlashamiz. Bu g‘oya miyamizga kelib qolganda barchamiz baralla “andijonliklar keldi”, deya baqir-chaqir qilishga tushdik va shu bilan ommalashib ketdi. Turli ko‘rsatuvlarda, shoularda ham “andijonliklar keldi”, iborasi trendga aylanib ketdi. Bundan ham zo‘r rejalarimiz bor. Fransiyada ham shubhasiz muxlislik qilish bo‘yicha nimalarga qodirligimizni ko‘rsatamiz.

- Olimpiya terma jamoamizdan qanday natija kutyapsiz?

- Olimpiya terma jamoamizdan katta natija kutyapmiz. Butun O‘zbekiston Kapadze jamoasiga ishonyapti. Jamoaviy o‘yin bo‘yicha ham, individual bo‘yicha ham biznikilar kuchli. Ispaniya to‘sig‘idan eson-omon o‘tib olib, keyingi uchrashuvlarda ham ijobiy natijalar ko‘rsatib, finalgacha borishga umid qilyapmiz. Terma jamoamizga ishonamiz. Taslim bo‘lish yo‘q.

- Ma’lumki, 3-avgust kuni “Andijon” klubi ikkinchi davraning ilk turini “Bobur Arena”da OKMKga qarshi boshlaydi. Demak, ushbu o‘yin sizlarsiz o‘tadimi?

- Ha, 3-avgust kuni sevimli “Andijon” jamoamiz “Bobur arena”da OKMKni qabul qiladi. Terma jamoamiz guruh bosqichidan chiqsa va biz yana qolib qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyormiz. Albatta, Andijonda fan-klub a’zolarimizdan qolganlari ham bor. Ularga ishonamiz. Bizning yo‘qligimizni bilintirmaydilar va “Bobur arena”da “Andijon”ni ajoyib muhitda olqishlaydilar.

- Muxlislik qilish darajasini yangi bosqichga olib chiqyapsiz. Olimpiada musobaqasi yesa bu borada siz uchun yana bir katta imkoniyat. Shunday yekan, o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- O‘zingiz yaxshi bilasiz, bizni muxlislik qilish darajamiz juda yuqori. Olimpiadada bundan ham boshqacha bo‘ladi. Orqaga yo‘l yo‘q. Bizga shunchalik ishonch bildirishgani uchun shunga yarasha muhitni super darajaga olib chiqamiz" - dedi Nodirbek To‘yichev.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 09:51, 23.07.2024.
O'qildi: 1731 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.