Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

London klubi "Ayaks" hujumchisiga taklif yubormoqchi

London klubi "Ayaks" hujumchisiga taklif yubormoqchi

Baho:
+ | -

Amsterdamning "Ayaks" klubi hujumchisi Brayan Brobbi kelasi mavsumda APLda o‘ynashga umid qilmoqda.

"Ayaks" inqirozga uchraganiga qaramay, o‘tgan mavsumda shaxsan Brobbi juda yaxshi o‘ynadi. Brayan Erediviziyaning 30 ta uchrashuvida 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sky Sport Germany nashri xabariga ko‘ra, yozda ko‘plab klublar Brobbi borasida rasmiy taklif yuborishgan. Ular orasida, "Vest Xem" hamda Italiyaning “Roma” klubi bor.

"Ayaks" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan Brobbining o‘zi ham Premyer-ligaga o‘tish haqida o‘ylamoqda.

22 yoshli gollandiyalik futbolchini sotib olish uchun 25-30 million yevro (21-25 million funt) yetarli bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:29, 24.07.2024.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик