“Fiorentina” hujumchisi Moyze Kin Fransiyaning “PSJ” klubidagi faoliyati haqida gapirdi. Futbolchi 2020 yildan 2021 yilgacha Parij jamoasida o‘ynagan.
"Eng kuchli jamoalardan birida o‘ynaganimdan xursand bo‘ldim, u yerda katta tajriba orttirdim. Parijda Mbappe va Neymar kabi buyuk futbolchilar menga yordam berishdi.
Mashg‘ulotdan so‘ng ular menga juda ko‘p maslahatlar berishdi", - dedi hujumchi.