«Barselona» prezidenti Joan Laporta klubning moliyaviy ahvoli haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi so‘nggi bir necha yil ichida jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.
— Moliyaviy ahvolimiz ancha yaxshilandi. Biz normal holatga yaqinlashdik. Bugundanoq «Barselona» taniqli futbolchilarni sotib olishi mumkin. Yaqin kelajakda biz sizga moliyaviy ahvolimiz haqida batafsil ma’lumot beramiz», dedi Laporta matbuot anjumanida.