Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Ispan nashri O‘zbekiston-Ispaniya o‘yiniga sharh e’lon qildi

Ispan nashri O‘zbekiston-Ispaniya o‘yiniga sharh e’lon qildi

Baho:
+ | -

Parij-2024 olimpiadasi futbolchi turniri doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Ispaniya o‘yini bo‘yicha beinSports maqola e’lon qildi.

“Ispaniya erkaklar milliy futbol jamoasi Parij-2024 Olimpiadasidagi safarini O‘zbekiston ustidan 1-2 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi, ammo bu o‘yin oxirgi daqiqalargacha har tomonga o‘zgarib ketishi mumkin bo‘lgan o‘yin bo‘ldi.

1 iyuldan boshlab, Parij-2024 oldidan mashg‘ulotlar lageridagi birinchi kundanoq, murabbiy Santi Deniya o‘z o‘yinchilariga ochilish o‘yini bo‘lganligi sababli, turnirdagi eng muhim o‘yinda O‘zbekiston xavfli raqib ekanligini aytib o‘tdi - bu qisqa futbol musobaqasini faqat ikki kunlik dam olish bilan boshlaydigan o‘yin.

Bu ogohlantirishlar tezda "Parc des Princes" maydonida o‘zini oqladi, bu o‘yinda o‘zbek jamoasi ko‘proq energiya bilan o‘ynadi va maydonning ispanlar tomonida, ya’ni ispanlarning o‘yin qurishida va to‘pga egalik qilishida kuchli bosim qildi.

Santi Deniya oldindan ta’riflaganidek, bu jamoa butun o‘yin davomida Ispaniyani qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Ispaniyaning olimpiada jamoasi, maydon markazida Pablo Barrios yolg‘izlanib qolishi, himoyachilarning to‘p bilan xatolar qilishi va juda yumshoq o‘ynashi natijasi o‘laroq 1-bo‘limda jazolandi.

Biroq, shunga qaramay, 29-daqiqagacha yaxshi o‘ynamasdan, standart vaziyatdan hisobni ochdi. 2016 yildan beri Ispaniyaning yoshlar jamoasida birga o‘ynagan Serxio Gomes va Abel Ruis o‘rtasidagi yon tomondan jarima to‘pi uyini. Serxio kross qildi, Abel yaqin ustunda uzatma qildi va Mark Pubil uzoq ustundan 1-0 hisobini qildi.

Bu gol Ispaniyaga o‘yinni nazorat qila olmagan holatda biroz yengillik berdi, ammo Ispaniyaning shu vaqtgacha passiv o‘yini natijasida baribir jazolanishdi, Kubarsi tomonidan Muhammadqodir Hamraaliyevga nisbatan harakati penaltiga olib keldi.

Penalti mavritaniyalik hakam Beyda Daxane tomonidan ekranda ko‘rib chiqilgandan keyin berildi va o‘zbek sardori Eldor Shomurodov birinchi bo‘limning qo‘shimcha vaqtida uni o‘z mamlakati muxlislarining kuy va barabanlari bilan jonlantirgan o‘yinda penaltini golga aylantirdi.

Ispaniya "Parc des Princes" maydonida penalti ishladi, ammo manfaat keltirmadi. Ikkinchi bo‘limda Serxio Gomes yanada Ispaniyani oldinga olib chiqish uchun penalti imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo darvozabon Abduvohid Ne’matov ispanlikning o‘ng oyog‘idagi markaziy zarbasini to‘sdi.

Ispaniya imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, uch daqiqadan keyin Serxio Gomes tomonidan o‘z aybini to‘g‘rilandi, u Xuan Mirandadan past krossdan foydalanib, to‘pni darvozaga yaqin masofadan joylab qo‘ydi.

O‘yin tugashiga yarim soat qolganda, O‘zbekiston ishonchini yo‘qotmadi va Ispaniyaning to‘p bilan o‘yinni nazorat qilishga yo‘l qo‘ymadi. Bundan tashqari, o‘zbeklar Aranau Tenasning darvozasi oldida ko‘proq tahdid qilishdi, bu stadion darvozabon uchun uy stadion hisoblanadi (PSJda o‘ynaydi) va ko‘p seyv qilishga majbur bo‘lmasa-da, darvozabon o‘yinning oxirgi sekundlarigacha tahdidni sezib turdi.

Biroq, Ispaniya o‘zbeklarning hujumlariga, ayniqsa, yon tomondan krosslarga qarshi turib berdi va oxirigacha, hatto qo‘shib berilgan 8 daqiqada belgilanishi mumkin bo‘lgan penalti vaqtini ham qo‘shib hisoblaganda, o‘zbeklarga qarshi turib bera oldi.

Olimpiadani 1-o‘yinidagi qiyin lekin qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan o‘yin orqali Santi Deniyaning jamoasi Tokio-2020da olingan kumushni Parijda oltinga o‘zgartirish qanchalik qiyin bo‘lishini his qilishdi”.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 23:32, 25.07.2024.
O'qildi: 23435 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.