Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bax Koreya prezidentidan uzr so‘radi

Bax Koreya prezidentidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida mamlakat delegasiyalarini tanishtirish chog‘ida sodir bo‘lgan voqea uchun Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yoldan uzr so‘radi.

26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sportchilar paradida Janubiy Koreya terma jamoasi adashib KXDR deb ko‘rsatildi. Bu voqeadan so‘ng Koreya Respublikasi rahbariyati g‘azablanib, Bax bilan uchrashishni talab qilgan.

"Bugun XOQ prezidenti Tomas Bax Koreya Respublikasi prezidenti Yun Seok Yol bilan suhbatlashdi.

Mazkur telefon suhbatida XOQ prezidenti kecha Parij Olimpiadasi ochilish marosimining audiotranslyasiyasidagi xatolik uchun samimiy uzr so‘radi.

Muammo insoniy xato deb tan olindi, buning uchun XOQ chuqur uzr so‘raydi", dedi XOQning aloqalar bo‘limi bo‘yicha direktori Mark Adam matbuot anjumanida.

Kiritildi: 10:41, 28.07.2024.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик