Rafael Nadal vengriyalik Marton Fuchovichni 6:1, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahslarida ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Nadalning navbatdagi raqibi dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich bo‘ladi.
Ular faoliyatida 60-marta o‘zaro kortga chiqishadi, qarama-qarshilikda esa Jokovich yetakchilik qilmoqda (30:29).