Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

"Metallurg" tarkibida xorijlik hujumchi paydo bo‘ldi

"Metallurg" tarkibida xorijlik hujumchi paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bekobodliklar ikkinchi davra arafasida tarkibini xorijlik hujumchi Balsa Sekulich bilan boyitdi. UYEFA chempionlar ligasi, Yevropa ligasi hamda Konfederasiyalar kubogi bahslarida maydonga chiqqan, xalqaro uchrashuvlarda ham raqiblar darvozasini nishonga olgan hujumchi “Metallurg”ning hujum chizig‘iga kuchaytiradi deb umid qilamiz.

Professional faoliyatini 2016 yili “Setinye” jamoasida boshlagan Balsa tez orada kuchli klublar e’tiboriga tushdi. Tug‘ilib o‘sgan shahri Podgorisaning “Buduchnost” jamoasida ikki yil to‘p surdi. So‘ngra “Titograd”, “Podgorisa”, “Iskra” (Danilovgrad), “Kanvondo” jamoalarida o‘ynadi. 2023 yildan yana "Buduchnost"ga qaytdi. Mamlakat yoshlar terma jamoasiga, 2022 yili esa milliy terma jamoaga jalb etildi.

Balsa Sekulich xorijda legioner sifatida Key ligada yarim mavsum to‘p surdi. 2022 yili “Gangvon” klubida 18 ta o‘yinda maydonga chiqib, 2 ta gol kiritdi.

Balsa Sekulich – 26 yoshda, 1998 yilning 10 iyun sanasida tug‘ilgan.
Tug‘ilgan joyi – Podgores
Bo‘yi – 188  sm
Vazni – 75 kg
Ampluasi – hujumchi

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:10, 30.07.2024.
O'qildi: 1325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.