Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gallaxerning "Atletiko Madrid"ga transferi deyarli kelishib olindi

Gallaxerning "Atletiko Madrid"ga transferi deyarli kelishib olindi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer "Atletiko Madrid"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Atletiko" va "Chelsi" 24 yoshli yarim himoyachining transferi borasida kelishib olishga yaqin turibdi. Ta’kidlanishicha, klublar deyarli barcha masalalarni hal qilishlari uchun 24 soat yetarli, endi tomonlar faqat yakuniy tafsilotlarni hal qilishlari kerak.

Gallaxerni sotib olish "Atletiko"ga taxminan 35-40 million yevroga tushadi. Shu bilan birga, manba so‘nggi so‘z futbolchilarning o‘zida bo‘lishini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:46, 31.07.2024.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.